1-Kuplet: Olamda o`zgarish bor, lekin qalbimda bir hol Yurakda bir fasl qish, har bir ishda malol Azali yo`q hamda ohiri ko`rinmas yo`l, lim zulmu zavol Istak sari hayotimning tarkibidagi, dardu g`am bilan Arang qo`zg`alaman manzillaringa, Yarim qalb o`ksigan ko`ngil bilan intilaman visolinga Ko`zlarimning teranligida o`zga sayora Unutdim qay zamon qaysi vaqt Harakatim soddai rasvo bo`lish davogarligida Bilaman ki na bir taht na bir baht bor maning uchun o`zingsiz Yozdim man kuydim ham yuz parchaga bo`lindim Butun umr izlaganim uchun ham, nimani ko`rsam ham uni o`zing deb bildim.
2-Kuplet: Har vaqti sahar uchrashgani tayyor turaman Beor bedor va beozor so`zlagin aniq muntazirman Man o`zim deb emas, o`zingni deb yashayman Har vaqti sahar ko`zdan oqqan tomchilarimni sanab kaftimga tavbalarimni chorlab Oqaman suv kabi behol, bir qarab kuydiradigan zar nazaringni tilab Hayollarimdan o`tadi ming hil sodir bo`lishi mumkin bo`lgan hodisa Qalam yozar kunduzu oqshomimdagi nolalarimni, maning misoli qalandar Hayotim dunyoning orzu havaslaridan holi bo`lgan bir g`amgin asar Negadir eshtilmaysan, bemor holimni so`ragani keldi hamma Faqat o`zing kelmading holimni so`rab, nega?
3-Kuplet: Vaqt o`tar ketar, ko`zlarim bedorligi bo`yi tonglarim otar So`zimda bugunda faqat g`amginlik, bo`sini borida borida negizi cheksiz mamnunlik Talpinaman yorib ko`pdan ko`pi kamida jami son sanog`i yo`q to`siqlarni Topaman deb surdim qo`llarim bilan bulutlarni, topdim faqat yulduzlarni Undan ortig`i emas, mayli gardanimga ilinsin olamlar og`irligi Man ahir roziman jamoling bo`sin evaz, esim pas emas Faqat yolg`izlikdan ba`zi tomim ketar, nari borsa holim battar Iltimos qilaman qo`lim tinmay yozgan hatlarimga to`htamay chorlaganimga Or qilmay so`ragan so`rog`imga, rasvoligimdan o`tib nazar sol, nazar sol.
|